So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

16 iyu 08:26
Yangiliklar

Og'ir atletika

Mutasaddilar Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi

Xabar berganimizdek, ertaga poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov Muhammad Jalud boshchiligidagi Xalqaro og'ir atletika federaciyasi vakillari bilan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligini qabul qiladigan “Yunusobod sport majmuasi”ga tashrif buyurishdi. 

Mutasaddilar unda bo'lajak musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonini o'rganishdi. Bu vaqtga kelib, arenada musobaqa tashkiliy qo'mitasi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan sportchilarni so'nggi bor ro'yxatdan o'tkazish jarayonini amalga oshirayotgan edi. 

SHundan so'ng ushbu jarayonga SHahrullo Mahmudov, SHerzod Tashmatov va Muhammad Jalud ham qo'shilib, ishtirokchi davlatlar bilan suhbatlashishdi.

Unda so'z olgan Muhammad Jalud o'zbek og'ir atletikasining jahonda tutgan o'rniga yuqori baho berar ekan, boshlanayotgan musobaqaga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilganini alohida takidladi. SHuningdek, janob Jalud mamlakatimiz hukumatiga ushbu jarayonni qo'llab-quvvatlashdagi yordami uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir davomida musobaqa qanday talablar asosida o'tishi mehmonlarga yana bir bor eslatib o'tildi va tashkiliy jarayon bo'yicha barcha kerakli malumotlar berildi. SHundan so'ng mutasaddilar arena bo'ylab musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlikni atroflicha o'rganib chiqishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing