07 mar 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Mutlaq jahon chempioni etti vaznda jahon chempioniga qarshi ringga chiqadi
Tashkilotchilar, xususan mashhur promouter Eddi Xirn tomonidan boks bo'yicha ayollar o'rtasida super chempionlik jangi o'tkazilishini elon qilindi.
Unga ko'ra, 2 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida engil vaznda mutlaq jahon chempioni, britaniyalik Keti Teylor etti vazn toifasida jahon chempioni puertorikalik Amanda Serranoga qarshi ringga ko'tariladi.
Amanda hozirda yarim engil vazn toifasida chempionlik kamarlari sohibasi bo'lib turibdi. Ushbu oqshomning yana bir qiziqarli jangi superog'ir vaznda vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda britaniyalik Dillian Uayt o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar