05 may 21:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda davogar Luis Neri taroziga chiqdi
Ertaga Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue WBC kamari uchun majburiy davogar, sobiq jahon chempioni Luis Neriga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini bajargan. Yaponiyalik 31 yoshli Inoue 55,22 kg, meksikalik 29 yashar Neri esa 54,79 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar