So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

19 avg 12:43
Yangiliklar

Sport kurashlari

Muzaffar Abdurahmonov: Kamtarona mehnatimiz davlat mukofoti, pul, avtomobil, uy bilan taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi, murabbiy, shifokor va mutasaddi rahbarlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlagan edi.

Mukofot olganlar orasida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonovning murabbiyi Muzaffar Abdurahmonov ham bor. U Prezident Farmoniga ko'ra «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni mukofotiga loyiq ko'rildi. 

«Avvalo, Prezidentimiz SHavkat Miromonovichga biz sportchi va murabbiylarga ko'rsatayotgan etiborlari uchun barcha sport kurashchilar oilasi nomidan rahmat aytmoqchiman. Biz uchun kutilganidan ham alo darajada g'amho'rlik ko'rsatildi. Kamtarona mehnatimiz davlat mukofoti, pul, avtomobil, uy bilan taqdirlandi. Bu sportchi va murabbiylarni yanada ruhlantiradi, yangi g'alabalar sari undaydi. Ochig'i, Bekzod bilan Tokio gilamlarida oltin medalni qo'lga kiritishni niyat qilgandik. Endi bu sport, unda shunday kutilmagan natijalar bo'lib turadi. Ayniqsa, Olimpiya o'yinlari boshqa musobaqalardan shunisi bilan ham farqlanadi. Nasib qilsa, Parij-2024 Olimpiadasida oliy orzuimizni ro'yobga chiqaramiz. Buning uchun astoydil harakat qilamiz. Mashg'ulotlarni allaqachon boshlab yuborganmiz. Oldinda ikki oydan so'ng o'tkaziladigan jahon chempionati, kelasi yili Xitoyda o'tajak Osiyo o'yinlari bor. Bu musobaqalarda ham faqat chempionlik uchun kurashamiz», - deydi Muzaffar Abdurahmonov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing