So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

30 may 12:36
Yangiliklar

Dzyudo

Muzaffarbek To'raboev Namanganda yosh dzyudochilar bilan uchrashdi + FOTOGALEREYA

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vice-prezidenti Azizjon Kamilov Namangan viloyatiga safari doirasida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan yaqindan tanishdi.

Viloyatlarda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilashga asosiy etiborini qaratayotgan  federaciya rahbari sport dargohida sportchi-o'quvchilar va alohida dzyudochilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markazning dzyudo bo'limida tahsil olayotgan yosh dzyudochilar hamda ularning murabbiylari bilan suhbatlashdi. 

Savol tug'iladi: ekipirovka, tatami, metodika — bularning bari xalqaro meyorlarga javob beryaptimi? Lekin muhimi, dzyudo bilan shug'ullanayotgan bolalarda o'ziga va kelajakka ishonch bor. Ularning ko'zi yonib turibdi. Bu muhim omil hisoblanadi.

Azizjon Kamilovga safar davomida Parij-2024 Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev hamrohlik qilmoqda. Sovrindor dzyudochimiz markazda dzyudo sir-asrorlarini o'rganayotgan uka va singillariga o'zi bosib o'tgan murakkab yo'l haqida so'zlab, ularga muvaffaqiyatning kaliti faqat mehnatda ekanini aytdi. 

Federaciya raisining Namangan viloyatiga safari davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing