06 dek 18:01
Yangiliklar
Dzyudo

Muzaffarbek To'raboev Olimpiadadan keyingi ilk musobaqasidagi raqibini bilib oldi
Ertaga Yaponiya poytaxti Tokio shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 154 000 evrodan iborat turnir start oladi.
Xabar berganimizdek, yilning so'nggi turnirida yurtimiz sharafini Muzaffarbek To'raboev himoya qiladi. U o'zi uchun yangi +100 kg vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi.
Biroz avval musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. To'raboev ilk davrada yaponiyalik Kanta Nakanoga qarshi tatamiga chiqadi. Mezbonlar har bir vaznda to'rt nafardan dzyudochi bilan ishtirok etadi. Ushbu juftlik g'olibi 1/4 finalda Vu Xyok Song (Koreya Respublikasi) - Esleken Kedo (Filippin) uchrashuvida zafar quchgan dzyudochi bilan bellashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar