So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

25 noy 11:22
Yangiliklar

Dzyudo

Muzaffarbek To'raboev yangi vazn toifasida tatamiga chiqadi

7-8 dekabr kunlari Yaponiya poytaxtida dzyudo bo'yicha yilning eng so'nggi musobaqasi – Tokio “Katta Dubulg'a” turniri bo'lib o'tadi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning rasmiy saytida hamyurtimiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori Muzaffarbek To'raboev +100 kg vazn toifasida ro'yxatdan o'tkazilgan. Xo'sh, Muzaffarbek endi boshqa vazn toifasida kurashadimi? MOQ matbuot xizmati sportchi bilan bog'lanib, bu savolga oydinlik kiritdi.

— IJF saytida siz Tokio “Katta Dubulg'a” turniri ishtirokchilari ro'yxatida turibsiz. Faqat yangi vazn toifasida. Haqiqatdan ham +100 kg toifasiga o'tdingizmi?

— Ha, ushbu musobaqada yangi vaznda ishtirok etaman. 5 dekabr kuni Tokioga uchib ketishni rejalashtirganmiz. Dasturga ko'ra, 8 dekabr kuni tatamiga chiqaman. Ko'rsatilganidek, Tokioda +100 kg vazn toifasida kurashaman.

— Bazi mutaxassislar Sizni yangi ciklda +100 kg da kurashadi deyapti. SHu to'g'rimi?

— Yo'q, yangi ciklda o'zimni vaznim (-100 kg)da qolaman. Hozir vazn tashlamayotganim uchun +100 kgda o'z imkoniyatimni sinab ko'rmoqchiman.

— Sizning sevimli usulingizni kelib chiqishi qanday? O'zingiz yoqtirib qo'llashni boshlaganmisiz yoki kimdir sizga shu mos tushadi deb qo'yib berganmi?

— Bu usulni vohamizning taniqli polvonlaridan bo'lgan otam o'rgatgan. Murabbiyim Ulug'bek aka Azizov bilan uni rivojlantirdik. Terma jamoa tarkibiga kirganimdan so'ng Nurali aka Qobulov va Ilias Iliadislar bilan usulni yanada ishlab, mana shunday ko'rinishga keltirdik. Uni mukammallashtirishda barcha murabbiylarning mehnati bor. Kuch – birlikda, deyilganidek, bunga ham ko'pchilikning birlashishi sabab bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing