22 apr 08:09
Yangiliklar
Dzyudo
Muzaffarbek To'raboev yaponiyalik asosiy raqibini engdi, qolganlar ham Osiyo chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
Gonkong davlati mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslari start oldi.
Bugun og'ir vazn toifasida tashkil etilayotgan bellashuvlarda terma jamoamizning uch nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Quvonarlisi, ularning bari saralashning ilk uchrashuvida g'alabaga erishishdi.
-100 kg vazn toifasida jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev ilk davradayoq nomdor raqib bilan to'qnash keldi. Yaponiyalik Kosuke Mashiyamaga qarshi kechgan murosasiz bahsda To'raboev shido ogohlantirishlari evaziga g'alaba qozondi.
-78 kg vazndagi dzyudochimiz Irisxon Qurbonboeva filippinlik Ryoka Salinasdan, +78 kg vazndagi vakilamiz Rinata Ilmatova esa qozog'istonlik Akerke Ramazanovadan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar