16 may 17:24
Yangiliklar
MVP jangchilari tarozida: Rouzi va Karano xonimlar uddaladi, Ngannu raqibidan 16 kg og'ir tosh bosdi
Oqshomning asosiy jangi ayollar o'rtasida yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda UFC sobiq yulduzlari Ronda Rouzi va Jina Karano o'zaro to'qnash keladi. Turnir xedlaynerlari belgilangan vazn meyorini ortiqcha qiyinchiliksiz, deyarli 2 kg zaxirasi bilan bajarishdi. Rouzi tarozida 64.4 kg, Karano esa 64.1 kg tosh bosdi. Bu vazn uchun maksimal limit 66.2 kg. ni tashkil qilardi.
Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi, yani co-main event jangi Neyt Dias va Mayk Perri o'rtasida tashkil etiladi. Yarim o'rta vazn toifasi vakillari ham ushbu vazn limitini uddalashdi. Dias 76.5, Perri esa 76.9 kg vazn qayd etdi.
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC yulduzi Frensis Ngannu Jeyk Pol o'tkazayotgan turnir doirasida Filipe Linsga qarshi "qafas"ga kiradi. Ngannu raqibidan 16 kg og'irroq vaznga ega ekani oydinlashdi - 116.6 kg.
Tarozi natijalari (Asosiy kard janglari)
Ronda Rouzi (64.4 kg) – Jina Karano (64.1 kg)
Neyt Dias (76.5 kg) – Mayk Perri (76.9 kg)
Filipe Lins (100.1 kg) – Frensis Ngannu (116.6 kg)
Kennet Kross (70.5 kg) – Saladin Parnass (70.2 kg)
Robelis Despeyn (117.4 kg) – Junior Dos Santos (111.3 kg)
Prelim kard janglari
Jeyk Babian (77.6 kg) – Namo Fazil (77.5 kg)
Adriano Moraes (58.5 kg) – Fumi Nkuta (59 kg)
Jefferson Kreyton (76.3 kg) – Jeyson Jekson (77.5 kg)
David Mgoyan (65.9 kg) – Albert Morales (65.2 kg)
Jeyd Messon-Vong (58.6 kg) – Alin Pereyra (58.1 kg)
Kris Avila (74.4 kg) – Brendon Jenkins (74.5 kg)

Fikrlar