03 dek 15:26
Yangiliklar
Futbol
MYU 101 yil o'tib "Nyukasl"ga ketma-ket uchta o'yinda yutqazdi
"Nyukasl" bir asrdan ko'proq vaqt o'tib, "Manchester Yunayted"ni ketma-ket uch marta mag'lub etdi.
Kecha tunda Eddi Xau shogirdlari APLning 14-turida o'z maydonida mankunianliklarni 1:0 hisobida mag'lub qildi.
"Yunayted" ushbu raqibini so'nggi marta 26 fevral kuni Liga Kubogi finalida 2:0 hisobida mag'lub qilgandi. SHundan keyin "qarg'alar" MYUdan APLda ustun kelgan, keyinchalik Liga Kubogidan chiqarib yuborgandi. Tunda esa ligada yana bir bor MYU ustidan zafar kuchdi.
"Squawka" malumotiga ko'ra, "Nyukasl"da bunday holat so'nggi marta 1922 yilda sodir bo'lgan va "Yunayted"ni ketma-ket uch marta mag'lub qilgandi.
Havola :
Fikrlar