04 mar 16:47
Yangiliklar
Futbol
MYU ikki hafta ichida potencial xaridorlar bilan uchrashadi
"Manchester Yunayted" potencial xaridorlar bilan uchrashuvlarni rejalashtirib oldi, deb xabar berdi BBC.
Manbaga ko'ra, muzokaralar ikki hafta ichida London va Manchesterda bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, mankunianlar manfaatlarini "CHelsi"ni sotishga hamrohlik qilgan "Raine Group" banki himoya qiladi.
Oldinroq britaniyalik milliarder Jim Retkliff va qatarlik shayx Jasim bin Jobir Al Tani "Manchester Yunayted"ni xarid qilishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
2005 yildan beri "Manchester Yunayted"ga egalik qilib kelayotgan Gleyzerlar oilasi 2022 yilning noyabrida klubni sotish niyati borligini malum qilgan edi.
Havola :
Fikrlar