20 avg 16:42
Yangiliklar
Futbol
Myunxen 2028 yilgi CHempionlar Ligasi finalini qabul qilmoqchi
Myunxen kengashi 2028 yilgi CHempionlar Ligasi final bahsini “Alyanc Arena”da o'tkazish bo'yicha shahar arizasini maqulladi.
“2025 yilda Myunxen eng yuqori saviyadagi yirik xalqaro sport musobaqalarini qabul qilishga qodir ekanini yana bir bor isbotladi. Bunday turnirlarni takroran o'tkazish Myunxenni dunyoga mehmondo'st, sportni sevadigan va yuqori samaradorlikka ega tashkilotchi shahar sifatida namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi”, – dedi mer Dominik Krauze.
ECHL-2027/28 finali o'tkaziladigan joyni UEFA ijroqo'mi 2026 yilning sentyabr oyi o'rtalarida belgilaydi.
2027 yilgi ECHL finali esa Madriddagi “Metropolitano” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Yahoo Sports
Fikrlar