20 apr 10:31
Yangiliklar
Myunxen (ATP 500). Ben SHelton bosh sovrin sohibi!
Amerikalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 16-o'rinni egallab turgan italiyalik Flavio Kobollini 6/2, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Ben oldinda bormoqda - 4:2.
To'qson bir daqiqa davom etgan bahsda SHelton 4, Kobolli 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham bir xilda 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 0.
SHelton Germaniyadagi bir haftalik mehnatidan 500 reyting ochkosi hamda 478 935 evro mukofot puli ishlab oldi. Bu uning faoliyatidagi beshinchi ATP chempionlik tituli bo'ldi. Kobolli esa 330 ochko hamda 257 705 € mukofot puliga ega chiqdi.

Fikrlar