19 may 07:23
Yangiliklar
Tennis
Nadal 2004 yildan beri ilk bor "Rolan Garros"da o'ynamaydi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Rolan Garros-2023"ni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda uning o'zi matbuot anjumanida malum qildi.
"Rolan Garros"da ishtirok eta olmayman. Bu qarorni tanam qabul qildi. Yaqin oylarda kortga chiqmayman", - dedi tennischi.
SHu yilning yanvar oyida Rafa oyog'ining son qismidan jarohat olgan va shu sababli kortga chiqmayotgan edi.
Etiborlisi, Rafael 2004 yildan beri ilk bor Franciya Ochiq chempionatini o'tkazib yuboradi. U ushbu turnirning 14 karra chempioni hisoblanadi. Endi u o'tgan yilgi chempionlik uchun 2000 ochkosini yo'qotadi. SHu bilan Top-100 ni tark etib, reytingda 130-o'ringa tushadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar