19 jan 18:13
Yangiliklar
Tennis
Nadal jarohat sabab 6-8 haftani o'tkazib yuboradi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Avstraliyada ikkinchi davradagi mag'lubiyatdan so'ng tibbiy tekshiruvdan o'tdi.
"Hayrli kun. Kechagi mag'lubiyatdan so'ng men tibbiy ko'rikdan o'tdim. MRT chap oyog'imda jarohat borligini ko'rsatdi. Endi sport yuklamalaridan dam olishim va yallig'lanishga qarshi fizioterapiyadan o'tishim lozim. Tiklanish muddati - 6 haftadan 8 haftagacha", - deb yozdi ispaniyalik tennischi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
SHu tariqa, Nadal katta ehtimol 27 fevral kuni Dubayda boshlanadigan ATP 500 musobaqasini o'tkazib yuboradi.
Havola :
Fikrlar