28 fev 19:20
Yangiliklar
Tennis
Nadal kuchli o'nlikdan tushib ketishi mumkin
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 2005 yildan buyon ilk bora jahon reytingining kuchli o'nligidan tushib ketishi mumkin.
Agar kanadalik Feliks Oje Dubaydagi turnirda yarim finalga qadar etib borsa, daniyalik Xolger Rune Akapulkoda yarim finalgacha etib borsa, polshalik Xubert Gurkach esa Dubayda finalda o'ynasa bu ro'y beradi. Nadal kuchli o'nlikni tark etishi uchun mana shu uchta holat ro'y berishi lozim.
Agar Nadal Indian-Uellsdagi "Masters"ni o'tkazib yuborsa, aniq kuchli o'nlikdan tushib ketadi. Ayni paytda u jahon reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar