So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

15 sen 17:07
Yangiliklar

SHaxmat

Nafisa Mo'minova: “Boku shaxmat tarixidagi eng yaxshi olimpiadani o'tkazdi”

1-14 sentyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning ikki terma jamoasi ishtirok etdi.

Rustam Qosimjonov boshchiligidagi erkaklar terma jamoamiz yakunda 180 mamlakat ichida 39-pog'onani egallashdi. Nafisa Mo'minova boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz esa 140 davlat orasida 22-o'rinni band etishdi. Biz shaxmat olimpiadasi yakunlangach Xalqaro toifadagi groyssmeyster Nafisa Mo'minova bilan suhbatlashdik.

- Nafisa, shaxmat olimpiadasidan qanday taassurotlar oldingiz?

- Bokuda bizni iliq kutib olishdi. Mehmonxona, musobaqa zali, ovqatlanish, transport... hamma-hammasi yuqori saviyada tashkil qilingan. Yaxshi natija ko'rsatish uchun hamma sharoit bor edi.

- Boku shahri olimpiadani qanday o'tkazdi?

- Boku olimpiadasi tashkilotchilari shaxmat tarixidagi eng yaxshi olimpiadani tashkil qilamiz deb harakat qilishgan edi. SHaxsan meni fikrimcha ular buning uddasidan chiqishdi. Musobaqa alo darajada o'tkazildi.


- Terma jamoamiz uchun eng ajoyib g'alaba qaysi bo'ldi? Eng alamli mag'lubiyatchi?
- Eng ajoyib g'alaba bu 11-turdagi g'alaba bo'ldi, deb o'ylayman. Slovakiya terma jamoasini 3,5-0,5 hisobida yuttik. Oxirgi turda g'alaba juda ham muhim edi. CHunki, undan oldingi turda biz alamli mag'lubiyatga uchragan edik. Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda men teng poziciyani yutqazib qo'ydim va shu tufayli jamoa 1,5:2,5 hisobida mag'lub bo'ldi.

- Ayollar terma jamoamiz safida kim o'z imkoniyatidan yuqoriroq darajada o'ynay oldi deb o'ylaysiz?

- Sarvinoz Qurbonboeva ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi. Aksiga olib, Irina, Gulruhbegim va Nodira o'zlarini o'yinlarini ko'rsata olishmadi.

- Nodira Nodirjonova boshqalarga qaraganda kamroq o'yin o'tkazdi. Bu murabbiy qarori edimi?

- Nodira farzandli bo'ldi. Terma jamoaga ham yaqinda qaytdi. Hali sport formasini tiklashga ulgurmadi. SHuning uchun, ham murabbiy uni bir nechta o'yinlarda o'ynatmadi.


- SHaxsan siz uchun o'tgan eng qiyin bahs?
- Eng qiyin bahs bu so'nggi turda bo'ldi. CHunki, men ham professional shaxmatdan malum muddat uzoqlashganman. 2 yildan beri oldingidek muntazam turnirlarda qatnashmayapman. Bu turnirda hamma o'yinlarda qatnashdim va yuqorida aytganimdek, 10-turga kelib charchoqmi yoki oxirgi paytlar o'yin amaliyoti yo'qligidanmi teppa-teng poziciyani yutqazib qo'ydim. Bu menga juda ham yomon tasir qildi. O'yindan keyin trenerga meni oxirgi turda almashtirishlarini so'radim. Lekin, o'ynashim kerakligini aytishdi. Kuchlarni to'plashga to'g'ri keldi. O'yin ham qiyin kechdi. Raqibim ham, men ham xato qildik. Oxirida durang bilan tugadi.

- 7-saralangan Polsha terma jamoasi kumush medallarga ega chiqdi. Ular qanday qilib sensaciya qayd etdi deb hisoblaysiz?

- Polsha terma jamoasining bu natijasini men sensaciya deb qabul qilmadim. CHunki, Polsha terma jamoasi har doim kuchli terma jamoalardan biri bo'lib kelgan. Bu safar jamoadagi barcha yaxshi o'ynadi va yuqori natija qayd etildi.


- Erkaklar terma jamoamiz haqida fikrlaringiz qanday?
- Erkaklar terma jamoasining Germaniya terma jamoasi ustidan qozongan g'alabasini aytib o'tishim kerak. Umuman olganda erkaklar terma jamoamizda ham o'yin amaliyoti etishmasligi sezilib qoldi.

- Keyingi rejalar haqida o'rtoqlashing. Qanday musobaqalarda ishtirok etasiz?

- Bu yil oxirigacha musobaqalar bilan bog'liq hech qanday reja yo'q. SHaxmat maktabimiz bo'lgan "Sky-chess"dagi o'quvchilar kutishyapti. Asosiy etibor maktabga qaratiladi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing