So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

01 jan 15:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Nahotki?! Usik Riyadh Season bilan xayrlashib, Amerika promouteriga ketmoqda

Ikki vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Turki al Ash-SHeyxga tegishli Riyadh Season bilan xayrlashishga tayyor.

Ukrainalik bokschi amerikalik promouter bilan uzoq muddatli shartnoma bo'yicha muzokara olib bormoqda. Uning birinchi jangi Deontey Uaylderga qarshi shu yilning bahoriga rejalashtirilgan. Bu haqda bokschining menejeri Egis Klimas The National nashriga bergan intervyusida malum qildi.

"Usik va Uaylder o'rtasidagi jangni ko'rishimiz ehtimoli juda yuqori. Ayni paytda biz buning ustida ishlayapmiz va uzoq muddatli shartnomani muhokama qilyapmiz. Uaylder jamoasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Biz Las-Vegas yoki Los-Anjelesni ko'rib chiqamiz, sanalar esa aprel oyining oxiri yoki may oyining boshi. Uaylder va Usik hali o'zaro jang o'tkazmagan.

Hozircha aytayotgan gaplarim norasmiy, lekin bu Amerika Qo'shma SHtatlaridan kelgan promouterlik guruhi bo'ladi. Kelajakda Riyadh Season bilan to'liq ishlamaymiz, deya olmayman. Usik u erda ham jang o'tkazishi mumkin, biroq hozircha bizda ulardan hech qanday taklif yo'q", - deb aytgan Klimas Dubayda bo'lib o'tgan Butunjahon sport sammitida nashr vakili bilan suhbatda.

Top Rank, PBC va Golden Boy promouterlik kompaniyalari AQSH boks bozoridagi etakchi o'yinchilar hisoblanadi. Biroq Klimas ular aynan kim bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini oshkor qilishdan bosh tortgan. SHu bilan birga, menejer mijozining yana kamida ikki yil janglarda faol ishtirok etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

"Uning o'zi aytganidek, yana kamida ikki yil bor. Uning tanasiga kirolmayman, lekin Usik o'zini kuchli his qilmoqda. Uning fikricha, hali qo'lqoplarni mixga ilish vaqti emas va tabiiyki, Aleksandr davom etishga tayyor", - deya tushuntirdi Klimas.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing