So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

28 iyu 15:48
Yangiliklar

Bolalar sporti

Namangan IOZMIda yosh sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  NamanganIOZMI
Jimoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruh Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyatini o'rgandi.

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, ishchi guruh vakillari kecha Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyatini o'rgandi.

Ushbu sport talim muassasasi Namangan viloyati hokimining 2005 yil 25 avgustdagi 212-sonli qaroriga asosan Namangan Olimpiya zaxiralari sport kolleji nomi bilan tashkil etilgan.

Talim muassasasida bugungi kunda 6 ta sport zali, jumladan, sport o'yinlar zali (48x24 m), kurash zali (12x30 m), og'ir atletika zali (12x30 m), gimnastika zali (18x42 m), boks zali (18x36 m), kurash zallari (18x36 m) o'z faoliyatni ko'rsatmoqda.

O'rganish davomida masullarga IOZMIda sportchi-o'quvchilarga etarli shart-sharoitlarni yaratish hamda Osiyo va jahon chempionatlarida hamda Olimpiya o'yinlarida yuqori cho'qqilarni zab etib, yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taradigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasida ko'rsatmalar berildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing