So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

29 dek 17:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Namangan viloyati hokimi chempion sportchilarni munosib taqdirladi

Namangan shahridagi “SHodiyona” tantanalar majmuasida Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2019 yil yakunlariga bag'ishlangan Yangi yil shou-karnavali tashkil etildi.

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov madaniyat, sport va jurnalistika sohalarida ulkan yutuqlarga erishib kelayotgan namanganlik yoshlarni munosib taqdirladi. Jumladan, Xayrullo Begmatovich viloyatning mohir sportchilari hamda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritgan atletlar va yo'llanmalarga davogarlar bilan uchrashdi.

Mamlakatni hech bir soha sportchalik dunyoga tezda mashhur qila olmaydi. Etirof etish joiz, namanganlik sportchilar joriy yil davomida turli sport turlari bo'yicha O'zbekiston sport delegaciyasining xalqaro arenalardagi salmoqli g'alabalariga munosib hissa qo'shishdi. Xususan, viloyat sportchilari 2019 yilda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda 1 009 ta oltin, 951 ta kumush, 1 512 ta bronza, jami 3 472 ta medalga sazovor bo'lishdi. Taqqoslash uchun, 2018 yilga nisbatan xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qo'lga kiritilgan medallar 168 taga, respublika miqyosidagi musobaqalarda esa 572 taga ortdi.

Joriy yilda Namangan viloyatidan 20 nafar jahon chempioni, 22 nafar Osiyo chempioni etishib chiqdiki, bu hududda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasidagi ezgu say-harakatlar o'z mevasini berayotganidan dalolatdir.

Namanganlik sportchilarning 2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash masalasiga viloyat hokimligi tomonidan ustuvor vazifa sifatida etibor qaratilmoqda. Buning samarasi o'laroq Namangan viloyati sportchilaridan Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Nilufar Zokirova, Dilnoza Rahmatova (ikkalasi ham baydarka va kanoeda eshkak eshish) hamda Nozimaxon Qayumovalar (para engil atletika) Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari va Paralimpiya o'yinlariga 5 ta yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Tadbirda Namangan viloyatida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda erishgan salmoqli yutuqlari orqali viloyat nufuzi va obro'-etiborini oshirishga qo'shgan munosib hissasi uchun 50 dan ziyod sportchi va trenerlarga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovg'alari topshirildi.

Jumladan, yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani naqd qilgan Rustam Assakalovga “Malibu” rusumli avtomobil, uning treneriga “Jentra” avtomobili, karate WKF bo'yicha Osiyo chempioni, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi davogari Bahriniso Boboevaga “Spark” avtomobili sovg'a qilindi. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati sovrindorlari Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatovaga esa Namangan shahridan uy sertifikatlari taqdim etildi.

O'z navbatida namanganlik sportchilar ko'rsatilayotgan etibor va g'amxo'rlik uchun viloyat hokimligiga minnatdorlik bildirgan holda yangi yilda yanada yorqin g'alabalarga erishib, nafaqat viloyat, balki respublikamiz aholisini xushnud etish uchun astoydil harakat qilishlarini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
29 dek 19:53:06
Odiljon Turdiboyev
Жумладан, Хайрулло Бегматович вилоятнинг моҳир спортчилари ҳамда Токио-2020 ёзги Олимпия ўйинларига лицензияни қўлга киритган атлетлар ва йўлланмаларга даъвогарлар билан учрашди.???
To'g'rilab qo'yinglar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing