01 mar 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue: "Bu yilni yanada o'zgacha o'tkazmoqchiman"
Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue Yaponiyada 2024 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilganiga munosabat bildirdi.
"2024 yilda meni eng yaxshi deb tanlaganingiz uchun tashakkur. Neri bilan Tokiodagi stadionda bo'lib o'tgan jang faoliyatimdagi o'ziga xos voqea bo'ldi. Bu jang juda yuqori baholanganidan juda xursandman.
Men etti yilda sakkizinchi marta bunday mukofotga sazovor bo'lyapman va yana bunga erishish uchun ko'proq mehnat qilaman. 2025 yilni yanada o'ziga xos o'tkazishni xohlayman", dedi Inoue.
Havola :
Manba : x.com/naoyainoue_410
Fikrlar