28 apr 11:55
Yangiliklar

Naoya Inoue: "Endi janglarimni ko'proq AQSHda o'tkazmoqchiman"
— AQSHga qanchalik tez-tez kelishni xohlaysiz va AQSHning yana qaysi nuqtasida jang qilishni istaysiz?
"Bu erga qaytishimga 4 yil vaqt ketdi. Lekin men buni tezroq bo'lishini xohlagandim. Bu mening Las-Vegasdagi uchinchi jangim, Los-Anjelesda bir marta jang qilganman. Men endi Nyu-Yorkda jang qilishni xohlayman".
— Odatda pastki vazn toifalari og'irroq bo'lganlar kabi etiborni jalb qilmaydi. Siz buni o'zgartirdim, deb o'ylaysizmi?
"Bugun ko'plab ommaviy axborot vositalari keldi. Men juda xursandman va mamnunman. Men umidlar borligini bilaman va bu umidlarga javob beraman".
— Siz uchun Amerika bozorini zabt etish va bu erda, Yaponiyada bo'lgani kabi super yulduz bo'lish qanchalik muhim?
"Bu men uchun juda muhim. Men endi Qo'shma SHtatlarda ko'proq jang qilmoqchiman", deydi Inoue.
Kardenas bilan jang 4 may kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena'da bo'lib o'tadi.
Fikrlar