01 apr 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue hamyurti bilan jang qilishga kelishib oldi
Ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue eng engil vazndagi WBC chempioni bo'lib turgan hamyurti Junto Nakatani bilan Tokiodagi ananaviy JBC tadbirida uchrashdi.
Tadbir davomida Naoya Juntoni jangga chaqirdi.
"Bu faoliyatimdagi alohida eslanadigan yil bo'lyapti. Men uni yanada yaxshiroq qilishni xohlayman. Bu yil men ko'plab muxlislar va sport atrofidagi odamlar gapiradigan yirik ichki jangni tashkil etish uchun qo'limdan kelganini qilmoqchiman. Janob Nakatani, bir yil o'tgach Tokyo Dome majmuasida yapon boksini birgalikda ko'tarish uchun jang qilaylik", dedi Naoya.
Nakatani esa bunga "biz buni albatta amalga oshiramiz!", qabilida javob berdi.
Inoue 4 may kuni AQSHda Ramon Kardenas bilan jang qiladi. Mazkur jangda g'olib bo'lgan taqdirda Naoya sentyabr oyida o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Kyodo News
Fikrlar