28 dek 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue Pikasso bilan jangidan qoniqmadi
Yaponiyalik mutlaq Jahon chempioni Naoya Inoue Alan Pikassoga qarshi jangdagi g'alabasidan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Bu safargi chiqishim etarli darajada zo'r bo'lmadi. Men yanada yaxshiroq jang qilishim mumkin edi. G'alabadan xursandman, ammo juda charchadim. Menga dam kerak. Bu jangimdan xulosa chiqaraman va kelasi safar yanada yaxshiroq bo'laman", - dedi Inoue.
Eslatib o'tamiz, Inoue kecha o'tkazilgan jangda Alan Devid Pikassoni 12 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : CompuBox
Fikrlar