22 okt 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inouening jang sanasi rasman tasdiqlandi
Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar Sem Gudman bilan jang qiladi.
Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali malum qildi. Unga ko'ra, jang 24 dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi.
Jang avvalroq elon qilingan edi, ammo rasmiy tasdiqlov yo'q edi. SHu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federaciyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini oshkora elon qilishga chaqirgandi.
Malumot uchun, mazkur vazndagi o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev Naoyaning WBA kamari uchun davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar