03 iyu 07:51
Yangiliklar
Kurash

Naqshband xotirasiga bag'ishlangan va g'olibiga 3000 dollar atalgan xalqaro turnir o'tkaziladi
Joriy yilning 7-12 iyun kunlari Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bag'ishlangan I Xalqaro turnir o'tkaziladi.
Ilk marotaba o'tkazilayotgan xalqaro musobaqaga Eron, Hindiston, Italiya, Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi kabi dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 nafardan ortiq nomdor polvonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Turnirda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha va 100 kgdan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, ayollar 52, 63 va 78 kg vazn toifalarida bahslashadi. Musobaqa g'oliblari medallardan tashqari, birinchi o'rin olganlar 3000 AQSH dollari, ikkinchi o'rin uchun 2000 AQSH dollari va uchinchi o'rin sohiblari 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar