23 dek 17:37
Yangiliklar
Futbol
"Nasaf" va "Navbahor" OCHL uchun qaydnomasini 4 fevralgacha topshirishi shart
Osiyo CHempionlar Ligasida 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Nasaf" va "Navbahor" 2024 yilning 4 fevraliga qadar o'z futbolchilari ro'yxatini OFK uchun taqdim etishi lozim.
"Navbahor" va "Nasaf" yig'inlar masalasi hamda tarkibni qolgan klublarga qaraganda ertaroq rejalashtirishi lozim. O'zbekistonda transfer oynasi 24 fevralga qadar davom etadi, yangi mavsum mart oyidan start oladi. CHempionlar Ligasida esa 12 fevral kuni nimchorak final bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, mavjud qarzdorlik sabab ayni vaqtda "Navbahor" ichki chempionat uchun o'z futbolchilarini Liga ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Mazkur taqiqning klubning CHempionlar Ligasidagi ishtirokiga tasir o'tkazmaydi.
"Nasaf" va "Navbahor" OCHL nimchorak finalidagi raqibini 28 dekabr kungi qura orqali bilib oladi.
Havola :
Fikrlar