20 fev 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Nassurdin Imamov uni terrorchi deb atagan Striklendga javob qaytardi
O'rta vazn (84 kg gacha) toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Nassurdin Imavov sobiq raqibi SHon Striklendning so'zlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq sobiq UFC chempioni SHon Striklend Xamzat CHimaev va Imavov o'rtasidagi ehtimoliy to'qnashuv "ikki musulmon terrorchisi" jangi bo'lishini aytgandi.
"Uni oqlashingiz mumkin, boshqacha nomlashingiz ham mumkin. Ammo chiqindi chiqindiligicha qolaveradi", - deb yozdi Imamov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 22 fevral kuni Xyustonda (AQSH) bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 267 turnirida Striklend hamyurti Entoni Ernandesga qarshi jang qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar