29 jan 07:42
Yangiliklar
Dzyudo
Nataniyada qisqa muddatli yig'in davom etmoqda FOTOREPORTAJ
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Isroilning Nataniya shahrida qisqa muddatli o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.
Ushbu yig'in Isroil terma jamoasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda va bu mashg'ulotlar Parij "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikning ilk bosqichi vazifasini o'tab beradi. Franciya poytaxtidagi musobaqa 8-9 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz 23-25 yanvar kunlari aynan Isroilda o'tgan mavsumning ilk starti - Tel-Aviv Gran-prisida ishtirok etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar