So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 avg 17:38
Yangiliklar

Sport kurashlari, Qilichbozlik, Tokio-2020

"Naturallashtirilgan" sportchilardan voz kechish vaqti keldi

Teglar :  Legionerlar
Bloger Otabek Bakirov Telegramdagi kanalida o'zbek sportidagi legionerlar haqida fikr bildirdi.

"SHu paytgacha O'zbekistonning Yozgi olimpiadalardagi ishtiroki "naturallashtirilgan" xorijliklarsiz o'tmagan va ular 1996 yildan 2016 yilgacha bo'lgan olimpiadalarda O'zbekiston uchun turli darajadagi medallarni keltirishgan.

Bu safargi Tokio olimpiadasida O'zbekiston nomidan qatnashgan bironta xorijlik sportchi sovrindor bo'la olmadi.

Medal olgan beshta sportchining barchasi O'zbekistonda tug'ilgan, voyaga etgan, shu erda professional sportchi o'laroq shakllangan.

Agar Tokioga borgan sportchilar ro'yxatiga qarasangiz, erkin kurashda rossiyalik Magomed Ibragimov va Jabrail SHapievlar, yunon-rum kurashida rossiyalik Rustam Assakalov, velosportda rossiyalik Olga Zabelinskaya, beshkurashda rossiyalik Alisa Faxrutdinovalar mamlakatimiz nomidan ishtirok etganini ko'rish mumkin. Bu ro'yxat yanada uzunroq ham bo'lishi mumkin edi. Masalan, 2019 yilda Meksikadan O'zbekistonga maxsus keltirilgan qilichboz Paolo Pliego Tokioga bora olmagan.

Ko'rinib turibdiki, Olimpiada o'yinlari uchun chetdan xorijlik sportchi keltirib soxta obro' va sharaf yaratish davri o'tdi.

O'zbekiston o'zining sharafini bundan buyon mamlakatda tug'ilib o'sgan va tarbiyalangan sportchilar bilan yarata oladi. Qolaversa soliq to'lovchilarning pulini turli "legionerlarga" sarflash qip-qizil soxtakorlik ham", - deyiladi postda. 

Reyting: +6   

Fikrlar

   
10 avg 21:38:37
Mironsho Jabborov
Siyosatga uncha tushunmaymanu lekin shuncha jon kuydirib aytilganiga qaraganda nimadir rost shu yerda
   
10 avg 21:25:51
Farrux Mustafoyev
Haqiqat shu! Ayrim sport federatsiyasi tomonidan xuddi shunga o'xshash ishlar qilinib natija kutilayapti boshqa hech narsa qilinmayapti pulni tayyor o'z davlatida o'rin ololmagan sportchilarga emas, o'zimizdan bo'ladimi yoki chet ellik mutabbiy va o'zimizning yoshlarimizga aytmasdan tikish kerak.Sayt xodimlaridan har bir sport turi bo'yicha erishilgan natijalar va oldingi olimpiadaga nisbatan o'sish qanday tahliliy maqola kutamiz, eng katta sport musobaqasi yakunlansa tahlil qilinmasa.Misol uchun og'ir atletikachilarimizdan keyingi olimpiyadada bokschilarimiz bilan barobar natija kutamiz, chunki katta o'sish bor chunchaki sportchilarimizda ozgina tajriba yetishmadi.Murabbiylarga, federatsiyaga rahmat keyingi safar shu ruhda davom etilsa 2- 3ta oltin kutish mumkin. Lekin ayrim sport turlarida umuman o'zgarish yo'q, kim tanqid qiladi davlat mablag'lari qayerga ketayapti? Kutamiz!
   
10 avg 18:29:38
Rejabboy
To'ppa to'g'ri ko'zbo'yamachilikni yig'ishtiringlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing