24 okt 16:49
Yangiliklar
Boshqalar, Olimpiya o'yinlari
Qozog'istonda legioner sportchilarni byudjetdan moliyalashtirish to'xtatiladi
Qozog'iston hukumati legioner sportchilarni byudjetdan moliyalashtirishni taqiqlaydi, deb xabar bermoqda "Golos naroda" nashri.
"Biz o'zimiz aytgan narsaga erishdik! Hukumat legionerlarga bir tiyin ham bermaslik haqidagi huquqiy normani qo'llab-quvvatladi. Jami 180 ta sport turini moliyalashtirish qisqartiriladi! Hukumat tegishli normani tasdiqladi", deya voqeaga munosabat bildirdi deputat Nartay Aralbayuli.
Deputatga ko'ra, "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonunda xorijlik sportchilarni davlat byudjetidan moliyalashtirishni taqiqlovchi band bo'ladi.
Havola :
Manba : Meta-ratings.kz
Fikrlar