22 mar 19:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Navbahor Hamidova ham chorak finalda imkoniyatni boy berdi
Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova chorak finalda Jazoir vakilasi Imane Xelifga qarshi ringga ko'tarildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari mazkur jahon chempionatini medalsiz yakunlaydigan bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar