10 sen 23:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Navbahor Hamidova mezbon bokschini mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga chiqdi
Liverpulda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi JCH qizg'in davom etmoqda.
Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova chorak finalda mezbon bokschi, angliyalik Sacha Ikeyga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Navbahor 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.
Navbahor bungacha Belgiya vakilasini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u 12 sentyabr kuni final yo'llanmasi uchun Polsha yoki Xitoy Taypeyi vakilasiga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar