14 noy 22:00
Yangiliklar
Tadbirlar
Navoiy viloyati hokimi sportchilar va iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi
Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov boshchiligida nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda sportchilar, fan-texnika yo'nalishida yutuqlarga erishgan yoshlar, murabbiylar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Jumladan, 2019 yil mobaynida sportchilarimiz Jahon chempionatlari va kuboklarida 29 ta, Respublika musobaqalarida mingga yaqin turli darajadagi medallarni qo'lga kiritdi.
Bularga misol qilib, og'ir atletikachi qizlar – Xalqaro toifadagi sport ustalari Kumushxon Fayzullaeva, Doleraxon Davronova va sport ustaligiga nomzod Nigora Suvonovalarning KXDRning Pxenyan shahridagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etganini keltirib o'tishimiz mumkin.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar