02 may 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Navoiyda o'smirlar o'rtasida ikki yosh toifasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Navoiy shahrida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi.
Musobaqa ikki yosh toifasida - 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil etilmoqda.
Har ikki yosh toifasida ham bahslar 15 tadan vazn toifasida bo'lib o'tmoqda.
2005-2006 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi bahslarda 324 nafar, 2007-2008 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasidagi bahslarda esa 273 nafar bokschi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Bellashuvlar 9 mayga qadar davom etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar