21 mar 07:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Tadbirlar			    
				 
				
			 
				Navro'z ayyomingiz muborak, aziz yurtdoshlar!
Bugun, 21 mart milliy va qadimiy bayramimiz Navro'z nishonlanadigan kun!
			Navro'z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. CHin manoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-nematlarga to'lib toshadi, deyarli har bir o'zbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. Yoshlarni aytmaysizmi, qizlar sochlariga jamalak taqishadi, bolajonlar esa qo'llariga varrakni olib qir-adirlarga oshiqishadi.
SHunday ajib va qutlug' kun barchamizga muborak bo'lsin! Navro'z bayramini o'z uyimizda, oilamiz davrasida nishonlaymiz. Siz azizlarni saytimizning barcha xodimlari nomidan tabriklaymiz. Navro'z bayraminingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!!!

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar