So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

08 may 10:24
Yangiliklar

Dzyudo

Nega poytaxtdan terma jamoaga nomzod dzyudochilar yo'q? SHahar dzyudosiga masul mutaxassis bilan suhbat

Yurtimizda dzyudoga qaratilayotgan etibor mavzusida turkum suhbat va tahliliy maqolalarni berib kelayotgan edik.

Bugun Toshkent shahar dzyudo federaciyasi faoliyati doirasida ushbu mavzuga to'xtalamiz. Suhbatdoshimiz Toshkent shahar dzyudo federaciyasi bosh kotibi Jahongir Toshpo'latov.   

- Jahongir, Toshkent shahar dzyudo federaciyasining bugungi kundagi faoliyati qoniqarli darajadami? O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan poytaxtda dzyudoni yanada ommalashtirish bo'yicha topshirilgan vazifalar bajarilyaptimi? 

- Hozirda federaciyamiz karantin holatida. Lekin bu holat bizning tatilda xordiq chiqarayotganimizni anglatmaydi. Murabbiylarimiz o'z shogirdlari bilan onlayn tizimda mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Ular faqat turli usullarni o'rgatish bilan cheklanishmayapti. Aksincha, bunga qo'shimcha tarzda sportchilarning ruhiyatini ko'tarish bo'yicha doimiy ravishda muloqot olib borishmoqda. Professional, o'z ishini yaxshi ko'radigan murabbiy aynan shunday bo'lishi kerak. Endi karantingacha bo'lgan davr haqida gap ketganda shuni aytishim kerak-ki, Toshkent shahar dzyudo federaciyasi to'liq kuch bilan, reja asosida faoliyatini davom ettirgan. Har hafta turli yosh toifasida musobaqalar, BO'SMlarda mashg'ulotlar, murabbiylar uchun esa seminarlar o'tkazilgan. Bizning vazifamiz poytaxtda dzyudoni rivojlantirish bilan birga, uning ommaviyligini keng aholi qatlami orasida taminlashdan ham iborat. 

- Toshkent shahrida o'smirlar, yoshlar, kattalar va havaskorlar o'rtasida bir yilda nechta musobaqa o'tkaziladi? Bu son etarlimi?

- Yuqorida aytganimdek, shahrimizda deyarli har hafta turli darajadagi musobaqalar o'tkaziladi. Tan olish kerak, ularning hammasi ham katta nufuzga emas. Fikrimcha, balans bo'lishi kerak. Har bir Respublika darajasidagi musobaqa oldidan biz saralash turnirini o'tkazamiz. Bundan tashqari, turli yosh toifalari uchun Toshkent shahar kubogi musobaqasi tashkil etiladi. Bu turnirlarda 300 nafardan ziyod dzyudochilar ishtirok etadi. SHuningdek, yil davomida qo'shni davlat dzyudochilari ishtirokida xalqaro turnirlar ham o'tkaziladi. Keyin poytaxtda faoliyat yuritayotgan klublar ham muntazam ravishda o'z ochiq turnirlarini o'tkazib kelishyapti.   

- Toshkent shahrida murabbiylar va hakamlar masalasi qanday yo'lga qo'yilgan? Ularning mahoratini oshirib borish uchun seminarlar o'tkazilyaptimi?

- Darhaqiqat, bu darajada ko'p o'tkaziladigan musobaqalar uchun malakali hakamlar kerak bo'ladi. Bizda katta murabbiy va bosh hakam bor. Ular tomonidan murabbiy va hakamlar uchun har bir musobaqa oldidan seminarlar uyushtiriladi. Aksariyat hollarda murabbiy va hakamlar uchun qo'shma seminarlar o'tkaziladi. Qoidalarni hamma bilishi shart. 

- Kattalar terma jamoasida poytaxtdan dzyudochilar yo'q. Buni qanday izohlash mumkin? 

- Poytaxtda sport alohida ahamiyat kasb etadi. Buni nafaqat dzyudoda, balki boshqa sport turlari misolida ham ko'rish mumkin. Bir narsaga etibor qaratish kerak, Toshkent poytaxt bo'lgani uchun bu erda sportdan tashqari talim olish, yaxshi kasb egasi bo'lish, serdaromad ishga joylashish uchun intilish kuchli. Bu jarayonda tabiiy raqobat yuzaga keladi. Sport va kasb manfaatlari to'qnash kelganda yoshlar ko'proq ikkinchisini tanlashyapti. Ha, kattalar terma jamoasida dzyudochilarimiz yo'q. Lekin kichik yoshdagi terma jamoalarga nomzod etkazib berish bo'yicha ishlarimiz birmuncha yaxshi. Fikrimni natijalar ham tasdiqlaydi. Ammo, yuqorida aytganimdek, katta yosh toifasiga etganda ular o'zlarini kasb yoki ishga urishyapti. Ochiq aytganda, men aytgan raqobat sababida sport bilan professional shug'ullanish uchun kam vaqt qolyapti. 

- Yuzaga kelgan pandemiyadagi karantin holati o'ylash, fikrlash, xulosa chiqarish va yangi rejalarni tuzish uchun yaxshigina imkoniyat. Bu imkoniyatdan qay darajada foydalanyapsizlar?

- Birinchidan shuni aytishim kerak-ki, dzyudo yakkama-yakka kurash sport turi hisoblanadi. Sportchi hamisha mashg'ulot va musobaqa chog'ida raqib bilan "kontakt"da, yani yuzma-yuz bo'ladi. SHu holatni inobatga olgan holda birinchi galda dzyudochilarning xavfsizligini taminlashimiz kerak. Karantindan keyin ham gigienaga etiborni kuchaytiramiz. Mavjud sport zallari anticeptik vositalar bilan taminlanadi. Bu borada murabbiylar bilan ishlayapmiz. Ikkinchidan, biz karantin davrida sportchilar bilan masofadan ishlashni o'rgandik, o'zlashtirib oldik. Va siz aytgandek, shu paytgacha bo'lgan natijalarimizdan tegishli xulosalar chiqarib, yangi ish rejalarini tuzib oldik. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing