15 okt 10:20
Yangiliklar
Paralimpiya

Para pauerliftingchi Nasiba Toshpo'latova Jahon chempionati sovrindoriga aylandi
O'zbekiston terma jamoasi para pauerlifting bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi medallariga ega chiqdi.
Misrning Qohira shahri mezblonligidagi musobaqada ayollar o'rtasida 45 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Nasiba Toshpo'latova A finalida muvaffaqiyatli qatnashib, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Jahon chempionati
Ayollar, 45 kg:
2 ta oltin: Guo Lingling (Xitoy) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 125 kg; umumiy: 368 kg)
2 ta kumush: Tululup Ogundoli (Nigeriya) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 112 kg; umumiy: 330 kg)
2 ta bronza: Nasiba Toshpo'latova (O'zbekiston) — (eng yaxshi ko'rsatkich: 111 kg; umumiy: 325 kg).
Ayni damda terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 4 tani tashkil etmoqda: 2 ta kumush va 2 ta bronza.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar