15 apr 19:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Nemkov Yanning mag'lubiyati haqida: "Siyosiy o'yinlar Sterlingga yordam berdi"
Yarim og'ir vazn toifasida Bellator chempioni Vadim Nemkov Petr Yanning Aljameyn Sterlingga mag'lubiyatining sababini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, UFC 273 turnirida ameriealik jangchi Aljameyn Sterling rossiyalik Petr Yanni hakamlar qarori bilan mag'lub etgandi.
"To'g'risini aytsam, jangni ko'rmadim. Aniq aytaman, Sterling ham, Yang ham ustunlik qilishgan. Tushunishimcha, Sterling ikkinchi va uchinchi raundlarda — Petya esa to'rtinchi va beshinchi raundlarda ustun bo'lgan. Ammo g'alaba Sterlingga nasib qildi.
Albatta, bu erda siyosat Sterlingga yordam berdi. Hozirgi vaziyatda jangni muddatidan oldin yakunlash yoki to'liq ustunlikka erishish kerak", - dedi Nemkov.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar