16 iyu 11:55
Yangiliklar
Futbol
Neymar Braziliya terma jamoasining JCH-2026`dagi ikkinchi o'yinini ham o'tkazib yuboradi yuboradimi?
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Gaitiga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda jurnalist Raisa Simplisio xabar bermoqda.
Uning malumotlariga ko'ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi hali ham jarohatidan to'liq sog'ayib ulgurmagan, biroq uning tiklanish jarayoni shifokorlar tomonidan tuzilgan rejaga muvofiq normal tarzda kechmoqda.
Neymar 17 may kuni "Santos" klubi tarkibidagi o'yinda jarohat olganidan beri maydonga tushgani yo'q.
Braziliya va Gaiti terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bundan avval Neymar Marokashga qarshi kechgan ilk o'yinni (1:1) o'tkazib yuborgan edi.

Havola :
Fikrlar