14 fev 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Neyt Dias faoliyatini yakunlaydi
Amerikalik taniqli UFC jangchisi Neyt Dias faoliyatini yakunlash niyatida ekanini malum qildi.
Faqat bu yakun bitta jangdan so'ng amalga oshadi. Dias Dastin Porega qarshi kechadigan jangdan so'ng professional sportdagi faoliyatini to'xtatadi. Yuu haqida uning o'zi xabar berdi.
"Men hamon Dastin Pore bilan jang qilish istagidaman. Hozircha bu bo'yicha harakatlar muzlab qolgan. Porening jamoasi qandaydir tushunarsiz o'yinlarni o'ynayapti. Men hoziroq jang qilishga tayyorman. Nima bo'lyapti? Dana Uayt, kel, mening xayrlashuv jangimni tashkil qilamiz. SHundan so'ng men ketaman. Men barchasiga nuqta qo'ymoqchiman", - deya TMZ kanaliga intervyu bergan Dias.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar