23 mar 16:49
Yangiliklar
Ngannu bilan jang uchun Verxovenga ko'proq pul taklif qilishdi, ammo...
Ammo kikboks qiroli Riko Verxoven Jeyk Pol ligasining jozibali moliyaviy taklifini rad etib, ukrainalik bilan kamroq gonorar evaziga jang qilishni tanladi.
Bu haqda niderlandiyalikning o'zi CHel Sonnenga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Sen mutlaqo haqsan. Bu yuz foiz to'g'ri. MVP menga ancha ko'proq pul taklif qildi, lekin mening so'zim men uchun hamma narsa!", - dedi og'ir vazn toifasidagi sobiq Glory chempioni.
Riko MVPdan taklif olishdan oldin allaqachon promouter Turki Al ash-SHayxga og'zaki rozilik berganini va o'z so'zini buzishni istamaganini tushuntirdi.
Avvalroq sayyoramizning eng kuchli kikbokschisi UFC bilan shartnomadan voz kechgani, unga ko'ra tashkilotdagi debyut raqibi amerikalik Derrik Lyuis bo'lishi kerakligi malum bo'lgandi.
Aleksandr Usik va Riko Verxoven o'rtasidagi jang 23 may kuni Misrdagi Giza piramidalarida bo'lib o'tadi. Frensis Ngannu esa 16 may kuni Los-Anjelesdagi Most Valuable Promotions turnirida braziliyalik Filipe Linsga qarshi jang qiladi.

Fikrlar