13 mar 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu operaciya qilinadi. U endi qachon oktagonga qaytadi?
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu tez orada tizzasini operaciya qildiradi.
U taxminan to'qqiz oy davomida janglarda ishtirok eta olmaydi. Bu haqida ESPN US xabar bermoqda. Operaciya 18 mart kuni, Ngannu Kamerundan AQSHga qaytganidan so'ng amalga oshirilishi kutilmoqda. Frensis franciyalik Siril Gan bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotganida tizzasini shikastlab olgandi.
Ngannu avvalroq UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha jang o'tkazmasligini malum qilgan edi. Uning bitta jang uchun o'rtacha maoshi 500-600 ming dollar atrofida. Frensisning fikricha, keyingi shartnomasi boks bilan bo'ladi. CHunki boksda unga ko'proq haq to'lashadi. Ammo, yaqinda UFC prezidenti Dana Uayt tomonlar hali ham kelisha olishlariga ishonch bildirgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar