27 jan 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannuga haqiqatdan ham kam to'lanmoqdami? UFC 270 ishtirokchilari Fyuri va Uaylder gonoraridan necha baravar kam haq olishdi?
Combat Sports jurnalisti Andreas Xeyli UFC 270 turniri ishtirokchilari va Tayson Fyuri va Deontey Uaylder gonorarlarini solishtirdi.
UFC kecha ishtirokchilariga jami 1,8 million dollar gonorar to'lagan. Fyuri jangi uchun 30 million, Deontey esa 20 million dollarga ega bo'lgan. Bu degani bokschilar UFC 270 kecha ishtirokchilarining umumiy gonorarlaridan 25 baravar ko'proq gonorar olishgan.
Eslatib o'tamiz, UFC 270 kechasining markaziy jang ishtirokchilari Frensis Ngannu va Siril Gan mos ravishda 600 va 500 ming dollar gonorar olishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar