So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

11 apr 13:45
Yangiliklar

Tennis

Nigina Abduraimova terma jamoadan ko'ra SHveycariyadagi turnirni afzal ko'rdimi?

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha nufuzli Billie Jean King kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasi birinchi saralash guruhi o'yinlari doirasida O'zbekiston va Xitoy terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishmoqda.

Etiborga molik jihati shundaki, mamlakatimizning birinchi raketkasi hisoblangan Nigina Abduraimova ushbu turnirda terma jamoa sharafini himoya qilmayapti. 7 aprel kuni elon qilingan tarkibimizdayoq uning ism-sharifi ro'yxatda yo'q edi. 

Abduraimova bugun SHveycariyaning Kyasso shahrida o'tkazilayotgan W60 turnirining asosiy to'r ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi. Bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadigan ushbu bahsda Nigina germaniyalik Mona Bartelga qarshi bahs olib boradi. 

Taqqoslash uchun, Abduraimova WTA reytingida 186, Bartel  esa 201-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. 2018 yilning 25 sentyabr kuni Toshkentda o'tgan WTA turnirining 1/16 final bosqichidagi uchrashuvda Mona 4/6, 6/3, 6/3 hisoblarida g'alaba qozongan edi. 

Endi savol tug'iladi: Billie Jean King kubogi Niginaning rejalariga kirmagan edimi yoki murabbiylar terma jamoadagi yoshlarga imkoniyat berish uchun birinchi raketkamizni Evropa turnirlaridan bezovta qilishmadimi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing