26 dek 10:20
Yangiliklar
Og'ir atletika
Nigora Suvonova "Qatar kubogi"ning uch karra vice-chempioniga aylandi
Doxa mezbonligidagi og'ir atletika bo'yicha "Qatar kubogi"da ayollar o'rtasida 86 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkazildi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Suvonova uch yo'nalishning barchasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Sportchimiz dast ko'tarishda 99 kg, siltab ko'tarishda 124 kg og'irlikdagi toshlarnimuvaffaqiyatli ko'tardi. Ikki kurash yakuniga ko'ra esa 223 kg natija qayd etib, har uchchala bahsda shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy oldi.
Nigora Suvonovaning muvaffaqiyatli ishtiroki ortidan ayollar terma jamoamiz musobaqani 100 foizlik natija bilan yakunladi.






Havola :
Manba : t.me/weightlifting_fed
Fikrlar