07 dek 12:21
Yangiliklar
Nikita Rafalovich Moskvada sovrindor bo'ldi va Tokio Olimpiadasi licenziyasiga yanada yaqinlashdi!
Kecha, musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich bronza medali uchun jang qilishi haqida xabar qilgandik. Hamyurtimiz biroz avval medal uchun misrlik Seif Issaga qarshi jang qildi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, Nikita nufuzli musobaqaning bronza medali va Olimpiada uchun qimmatli bo'lgan 28,8 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Rafalovich 1/8 finalda avstraliyalik Jek Martonni 20:0, chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiyani 15:3 hisobida mag'lub etgan edi. Yarim finalda esa ozarbayjonlik Milad Beigi Xarcheganiga imkoniyatni boy bergandi.
Ushbu muvaffaqiyat Rafalovichni Tokio Olimpiadasi licenziyasi sari yanada yaqinlashtirdi!
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar