02 dek 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Nil Megni Xamzat bilan jang qilishga tayyor: "UFC, meni chorla!"
Yarimo'rta vazn toifasining 9-pog'onasidan joy egallagan UFC jangchisi Nil Megni shveciyalik rekordchi Xamzat CHimaevga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanini malum qildi.
Xabaringiz bor, Xamzat 19 dekabr kuni Las-Vegas shahrida Leon Edvardsga qarshi UFC Fight Night 183 turnirining markaziy jangida oktagonga chiqishi lozim edi. Lekin Edvardsda koronavirus aniqlangani bois, ushbu jang bekor qilingandi.
"Ikki hafta ichida ikkita besh raundlik jang o'tkazish – bu men uchun yangilik emas! UFC, men chorla. Men Xamzat bilan jang qilishga tayyorman", – deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Megni.
Malumot uchun, Nil Megni shu yilning avgust oyida Robbi Loulerni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar