04 iyu 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Nima? Tramp va Uayt Oq uyda UFC turnirini o'tkazishmoqchi
Tadbir AQSH mustaqilligining 250 yilligini nishonlash doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fox News telekanali Donald Tramp so'zlaridan quyidagicha iqtibos keltirdi:
"Har bir milliy bog'imizda, har bir tarixiy maskanda mustaqillikning 250 yilligini nishonlash uchun maxsus tadbirlar bo'ladi. Menimcha, bizda UFC janglari o'tkaziladi. Bu erda UFC'ni tomosha qiladiganlar bormi? Biz turnirni Oq uy maydonlarida tashkil qilamiz.
Tasavvur qilib ko'ring! U erda juda ko'p joy bor. Bu chempionlik jangi, to'laqonli jang bo'ladi va uni ko'rish uchun 20-25 ming kishi keladi", dedi Tramp.
Havola :
Manba : Fox News
Fikrlar