19 may 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
"Nima uchun hafa bo'lishim kerak?". Ngannu Dana Uaytning tanqidiga javob qaytardi
UFC`ning og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Frensis Ngannu Dana Uaytning tanqidlariga munosabat bildirdi.
"Bizda Uayt bilan uzoq yillik aloqalarimiz bor, buni hurmat qilaman. UFC men uchun qilgan ishlarini qadrlayman. Bizda shartnoma bo'lgandi va men buni bajardim. Biz yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmadik, men o'z yo'limdan ketdim. Ortiqcha gap yo'q, shunchaki biznes. Men o'zim uchun manfaatli bo'lgan joyda bo'lishim kerak. Bu kim uchundir manfaat olib kelmasligidan afsusdaman.
Men xech kimga zarar etkazmoqchi emasman, shunchaki ishimni qilaman. Men uchun qulay bo'lganini. Qolgani meni qiziqtirmaydi. Nima uchun hafa bo'lishim kerak? Barchasi men uchun yaxshi kechdi", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar